Daryo

Pogba, Inyesta, Neymar, Messi va Ronaldu FIFAning yil ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi

Tarkibdan o‘rin olgan 11 futbolchining 8 nafari Ispaniya chempionatida to‘p suradi

1 daqiqa o‘qish9 452 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sports.ru”

FIFA 11-yanvar kuni Syurixda tashkil etilgan “Oltin to‘p” taqdimotida 2015-yil yakunlariga ko‘ra yil ramziy terma jamoasidan o‘rin olgan futbolchilar nomini e’lon qildi.

Foto: “Sports.ru”
Tarkibdan o‘rin olgan 11 futbolchining 8 nafari Ispaniya chempionati (4 nafari “Real Madrid”da, qolgan 4 nafari “Barselona”da), qolgan uch futbolchining biri Fransiya, biri Germaniya va yana biri Italiya chempionatida to‘p suradi.

Yil ramziy terma jamoasidan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:

Darvozabon — Manuel Noyer (Germaniya terma jamoasi; “Bavariya” (Germaniya));

Himoyachilar — Dani Alvesh (Braziliya; “Barselona” (Ispaniya)), Tiago Silva (Braziliya; “PSJ” (Fransiya)), Serxio Ramos (Ispaniya; “Real Madrid” (Ispaniya), Marselo (Braziliya; “Real Madrid”);

Yarim himoyachilar — Andres Inyesta (Ispaniya; “Barselona”), Luka Modrich (Xorvatiya; “Real Madrid”), Pol Pogba (Fransiya, “Yuventus”);

Hujumchilar — Krishtianu Ronaldu (Portugaliya; “Real Madrid”), Neymar (Braziliya; “Barselona”), Lionel Messi (Argentina; “Barselona”).

“Oltin to‘p” taqdimotida, shuningdek, yilning eng yaxshi goli muallifi nomi, yilning eng yaxshi erkaklar va ayollar jamoasi murabbiyi nomi hamda yilning eng yaxshi erkak va ayol futbolchisi nomi e’lon qilinishi ham kutilmoqda.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar