Islom Karimovning “2016-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deya xabar bermoqda “Norma.uz”.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini parvarishlash va o‘qitish uchun to‘lov endi ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan undiriladi.
Ushbu to‘lov endi mazkur muassasalar faoliyatini moliyalashtiruvchi boshqa manbalar bilan teng tarzdagi manba hisoblanadi.
Hujjatda to‘lov undirilmaydigan istisnoli holatlar keltirilgan: bolalar jismoniy yoki aqliy rivojlanishida ma’lum kamchiliklar bo‘lsa, to‘lov undirilmaydi.
Nizomdan maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanishi haqidagi qoida olib tashlandi.
Izoh (0)