Startapchilarning favqulodda muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalar boshingizni aylantirishiga yo‘l qo‘ymang. Kengroq tarqalgan vaziyat quyidagicha ko‘rinishga ega: mahsulotni sinash, muvaffaqiyatsizlik, qaytadan sinash va yaxshilanish.
Yosh tadbirkorlarning eng ko‘p uchraydigan xatolari quyidagilar:
G‘oyani tekshirmasdan, ichki hislarga ishonish
Biznes-g‘oya foyda keltiradigan bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq uni tekshirib ko‘rmasangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz tayin. G‘oyangizga vaqt va pul sarflashdan avval, uni sinab ko‘rishga vaqt ajrating.Biznesning bozorga asta-sekinlik bilan chiqishi
Juda ko‘p biznes-g‘oyalar sekin ishga tushirilishi tufayli barbod bo‘ladi. G‘oyalar va funksional kam-ko‘stini tuzatishga yillab vaqt ketkazmang. Buning o‘rniga, qiymatli mahsulot yaratishga harakat qilib ko‘ring, uni chiqaring va foydalanuvchilar reaksiyasini kuzating.Qachon pivot* qilish kerak?
G‘oyani ertaroq tekshirish orqali fikrlar oldingiz, ba’zilarini kutmagan edingiz. Muvaffaqiyatsizlikdan qochish uchun biznes-modelni o‘zgartirishga tayyor turish kerak. Ko‘plab muvaffaqiyatli startapchilar o‘z yo‘lini ko‘p bora o‘zgartirgan.*pivot — startapning bozor talablariga moslashishi
Mahsulotning noto‘g‘ri marketingi
Juda ko‘p tadbirkorlar o‘zlarining ajoyib g‘oyasi o‘zini-o‘zi sota oladi deb o‘ylaydi. Bunday xulosa haqiqatdan yiroq. Har bir kompaniya onlayn-marketingdan foydalanishi kerak. Marketing uchun byudjetni rejalashtira boshlaganingizda esa katta mablag‘ sarflamang. Marketing strategiyangizni turli usullar bilan tekshirib ko‘ring, natijalarni tahlil qiling va reklama uchun xarajatlarni mulohazasiz rejalashtirmang.O‘zini katta kompaniyadek tutish
Ulkan biznesgina saytni ishlab chiqishga bir yil yoki tadqiqotlar o‘tkazishga 9 oy sarf qilishi mumkin. Startap emas. Startap uchun muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi yo‘li — chaqqonroq bo‘lish, moslashish va tez o‘zgarish.Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://www.inc.com/
Loyiha “Daryo” va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.
Izoh (0)