Daryo

Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogidan chetlatildi

“Real” diskvalifikatsiyasi bor Denis Cherishevni maydonga tushirgani uchun ham turnirdan chiqarib yuborildi

1 daqiqa o‘qish33 485 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Guardian

Madridning “Real” jamoasi Ispaniya Kubogining 2015/16-yilgi mavsumidan chetlatildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Foto: The Guardian

“Qirollik klubi”ning turnirdan chetlatilishiga 1/16 finalning “Kadiz”ga qarshi o‘yinida yarim himoyachi Denis Cherishevning maydonga tushgani sabab bo‘ldi. O‘tgan mavsumda rossiyalik futbolchi “Vilyarreal” tarkibida o‘ynab yurganida, sariq kartochkalari to‘planib qolganligi uchun u diskvalifikatsiyasini o‘tashi kerak edi va maydonga tushishi mumkin emas edi.

“Kadiz”ga qarshi uchrashuv “Real”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Quyi divizion vakili mag‘lub bo‘lganiga qaramay, 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar