Rossiyaning Tolyatti shahrida “Avtosanoat. Avtomobil butlovchi qismlari” ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazma-forumi o‘tkazildi, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” AK matbuot xizmati.
Avtomobil sanoatidagi yilning eng asosiy voqeasi sifatida e’tirof etilgan mazkur ko‘rgazma o‘z maydonlarida Rossiya, Fransiya, Ispaniya, Sloveniya va MDH davlatlaridan 600 nafardan ortiq mutaxassis va rahbarlarni jamladi. Mazkur ko‘rgazmada, shuningdek, “O‘zavtosanoat” AK delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
UzAuto maxsus stendlarida O‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanayotgan mahsulotlarning eksportga yo‘naltirilgan turlari namoyish etildi. Avtomobil oynalari, sig‘imi 1,5 l bo‘lgan BDOHC dvigatellarining yangi avlodi, dvigatellarni sovutish va shamollatish tizimlari, po‘lat disklar, kompressorlar, generatorlar, yoritish tizimlari va boshqalar mana shular jumlasidandir.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar UzAuto uchun ajratilgan maxsus stendlarda namoyish etilgan mahsulotlarga yuqori baho berdi va hamkorlik qilish uchun qiziqish bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” AK vakillari sentabr oyida Chexiyadagi MSV 2015 xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Izoh (0)