Daryo

Messi tizzasidan olgan jarohat tufayli 7—8 hafta maydonga tusha olmaydi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasining 6-turidagi “Las-Palmas”ga (2:1) qarshi kechgan o‘yinda jarohat oldi

1 daqiqa o‘qish10 912 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasining 6-turidagi “Las-Palmas”ga (2:1) qarshi kechgan o‘yinda jarohat oldi va 10-daqiqada almashtirildi, deb xabar beradi “Chempionat”.

Foto: “TASS”

Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, Messining tiklanishi uchun 7—8 hafta kerak bo‘ladi.

Joriy mavsumda Messi Ispaniya Primerasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar