Nepal g‘arbidagi ko‘chkilar oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi, yana 42 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi. Hukumatning ma’lumotlariga qaraganda, halok bo‘lganlar Kaski tumanidagi Lumle va Bhador Tamaghi qishloqlarida olib borilgan qutqaruv ishlari davomida topilgan.
“Biz faqat Lumlening o‘zidan ko‘chki natijasida 14 ta uyning yer ostida qolishidan halok bo‘lgan 15 kishining jasadini topdik. Yana 28 kishi bedarak yo‘qolgan. Bhador Tamaghi qishlog‘ida esa besh kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jabrlangan”, — deydi Kaski tumani bosh ofitseri Krishna Bahodir Raut.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, Myagdi tumanidagi Mudi va Muna qishloqlarida olti kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)