Daryo

Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning ingliz tilidagi ilk intervyusi bo‘lgan va juda hayajonlangan

1 daqiqa o‘qish14 022 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: uz24.uz

Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi orqali tanilgan o‘zbekistonlik Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga tonggi efirda intervyu berdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.

Foto: uz24.uz

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning ingliz tilidagi ilk intervyusi bo‘lgan va juda hayajonlangan. Boshlovchi Styuart Mur Sardorga uning chiqishlari va Amerikaga tashrifi borasida bir nechta savol bergan. Efirdan yozib olingan videoni Murning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Shuningdek, amerikalik teleboshlovchi bir paytlar Backstreet Boys guruhini ochgan Tim Kuns Sardorni navbatdagi jahon yulduzi deb hisoblashini ta’kidlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar