Daryo

Pentagon rahbari Facebook’da o‘z sahifasini ochdi

18-may kuni AQSH prezidenti Barak Obama Twitter mikrobloglar servisida @POTUS nomi ostida akkaunt ochgandi

1 daqiqa o‘qish7 730 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The New York Post

AQSH Mudofaa vazirligi – Pentagon rahbari Eshton Karter Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi. Bu haqda, Pentagon matbuot xizmatiga asoslanib, RBC.ru xabar bermoqda.

Foto: The New York Post

Karter ijtimoiy tarmoqda qoldirgan ilk xabarida ushbu sahifani lavozimga tayinlanganidan o‘ng yuz kun o‘tib, “amerikaliklarga amerikaliklar qilayotgan buyuk ishlar haqida so‘zlab berish” maqsadida ochganini ta’kidlab o‘tgan.

18-may kuni AQSH prezidenti Barak Obama Twitter mikrobloglar servisida @POTUS (President of the United States’ning qisqartmasi) nomi ostida akkaunt ochgandi.

Bu Obamaning hisob bo‘yicha uchinchi mikroblogi, biroq avvalgilaridan farqli o‘laroq, bu akkauntni u o‘zi mustaqil yuritmoqchi va 2016 yildan so‘ng uni keyingi prezidentga meros sifatida qoldirmoqchi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar