O‘zbekistonda startap sanoati endigina rivojlanishni boshlamoqda. Bizda hali yirik startaplar, akseleratorlar yo‘q, startap ekotizimi ishtirokchilarining munosabatlari tartibga solinmagan. StartupFactory.uz akseleratori bu yo‘nalishda dastlabki qadamlarni tashlab, O‘zbekistonda IT-startaplar uchun ilk akselerator bo‘lyapti.
Akseleratsiya dasturi nimadan iborat?
Siz akseleratorga o‘z loyihangiz bilan kelasiz, biz esa ofis va xodimlar taqdim etamiz, Lean Startup, biznes-tahlil, marketing, PR sohasidagi eng yaxshi ekspertlarni jalb qilamiz, mahsulotning ilk foydalanuvchilarini izlaymiz, ilk sotuvni amalga oshiramiz, barcha yuridik, moliyaviy, buxgalterlik va tashkiliy masalalar bo‘yicha maslahatlar beramiz, sarmoyachilar uchun taqdimotlar tayyorlashda yordam beramiz.Akseleratorning ishlab chiqilgan dasturi yordamida startap uch oy davomida boshqa sharoitlarda olti-o‘n oyda o‘tadigan yo‘lni bosib o‘tadi.
“Qanday bo‘lishi kerak?” mavzusidagi maslahatlardan tashqari akselerator mentorlari ko‘plab boshlovchi tadbirkorlar yo‘l qo‘yadigan bir qancha xatolar to‘g‘risida batafsil so‘zlab beradilar.
Akseleratsiya dasturi yakunida startaplar eng yaxshi loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan investorlarga namoyish etiladi.
Qanday loyihalar ishtirok etishi mumkin?
Dasturda qatnashish uchun internet va mobil texnologiyalarga bog‘liq bo‘lgan B2C va B2B loyihalarni taklif etamiz. Bu saytlar, mobil ilovalar, elektron tijorat xizmatlari, personallashtirilgan servislar bo‘lishi mumkin.Saralashning asosiy mezonlari − loyihaning O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilganligi, amalga oshirish imkoniyati, innovatsiya, raqobatchilardan farqi, hajmliligi, tijoriyligi, loyiha asoschisining maqsadga intilishi va ish qobiliyati.
Arizalarni qabul qilish 20-maygacha davom etadi.
Biz O‘zbekiston qonunchiligini buzadigan loyihalar bilan ishlamaymiz.Startaplar bundan nima oladi?
- Ish uchun infratuzilma (shahar markazidan ofis, barcha aloqa vositalari bilan)
- Yuridik, buxgalterlik va kadrlar bo‘yicha ko‘mak (bizda texnik mutaxassislar, dasturchilar va dizaynerlar bor)
- Alohida biriktirilgan trekerlar (har hafta siz bilan uchrashib, loyihani rivojlantirishga yordam beradigan va yo‘naltiradigan ekspertlar)
- Loyihalarning biznes tahlili
- Mentorlar bilan ishlash. Biznesning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlarning master-klasslarida ishtirok etish
- Netvorking (O‘zbekiston IT-bozorining eng yaxshi ekspertlari bilan aloqalar)
- Reklama va loyihani internetda ilgari surish
- Sarmoyadorlar e’tibori (yakuniy taqdimotda, Demo kunida)
Dasturga arizani StartupFactory.uz sayti orqali topshirish va akseleratorning Facebook’dagi sahifasi orqali savollar berish mumkin.
Loyiha muallifi Brand.uz
Izoh (0)