Mishel Platini UEFA prezidentligiga hech qanday raqobatsiz qayta saylandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Bu galgi saylovda UEFA prezidentligiga Platinidan boshqa hech kim o‘z nomzodini qo‘ymadi. Bu bilan fransiyalik futbol amaldori uchinchi bor UEFA prezidenti lavozimiga saylandi.
Mishel Platini 2007-yildan beri Yevropa futboliga rahbarlik qilib kelyapti. Endi navbatdagi saylov 2019-yili bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)