Daryo

“O‘zbek milliy taomlari” mobil ilovasi 100 ming martadan ko‘p yuklab olindi

Ilovada O‘zbekistonning deyarli barcha tansiq taomlarining retseptlari jamlangan

1 daqiqa o‘qish99 952 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: mobinfo.uz

Google Play onlayn do‘koni ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘zbek milliy taomlari” Android mobil ilovasi o‘zbek tilidagi mobil dasturlar ichida eng ko‘p yuklab olingani hisoblanadi. Hozirda ushbu ilovani yuklab olganlar soni 100 mingdan oshdi, deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.

Foto: mobinfo.uz

Ilovada O‘zbekistonning deyarli barcha tansiq taomlarining retseptlari jamlangan. Har bir retseptga fotomateriallar ilova qilingan. Dastur o‘zbek tilida, kirill alifbosida ishlangan.

Foto: mobinfo.uz

Dasturni OzLab kompaniyasi “Oshxona.uz” materiallari asosida tayyorlagan. Ilova ishlashi uchun internetga ulanish talab qilinadi. Dasturning ingliz tilidagi versiyasi Uzbek Cuisine nomi bilan chiqarilgan. Ilova so‘nggi marta 2015-yil 17-yanvar kuni yangilangan bo‘lib, hajmi 26 Megabaytni tashkil etadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar