Olma-ota shahri markazida Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy san’at akademiyasi binosi yonmoqda, deb xabar berdi “RBK”.
Qayd etilishicha, akademiya xodimlari suratlarni, mebel va boshqa qimmatbaho buyumlarni bino tashqarisiga olib chiqmoqda. Shahar yong‘inga qarshi kurash xizmatiga yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 14:15 da kelib tushgan.
Izoh (0)