Daryo

Qorong‘ida o‘zidan yog‘du taratuvchi Nissan Leaf avtomobili taqdim etildi

Qoplama kun davomida ultrabinafsha nurlarni to‘playdi va kechqurun nur sochadi

1 daqiqa o‘qish27 612 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: korrespondent.net

Nissan kompaniyasi qorong‘ilikda o‘zidan yorug‘lik chiqaradigan Nissan Leaf elektrokarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: korrespondent.net

Model stronsiy alyuminati — biologik va kimyoviy jihatdan inert bo‘lgan yorqin rangdagi qattiq modda qo‘shilgan maxsus bo‘yoq bilan qoplandi. Qoplama kun davomida ultrabinafsha nurlarni to‘playdi va kechqurun nur sochadi.

Yaponiyaliklar ta’kidlashicha, bunga o‘xshash texnologiya tyuning kompaniyalari tomonidan allaqachondan beri foydalanilib kelinadi, biroq avtomobil ishlab chiqaruvchilardan hech biri hali uni rasman qo‘llamagan.

Hozircha Yaponiya kompaniyasi yog‘du sochadigan bo‘yoqni Leaf uchun opsiya sifatida taklif qilish-qilmasligi noma’lum.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar