Estradamizning latofatli xonandalaridan biri Rayhon fevral oyida o‘zining muxlislari uchun uzoq kutilgan konsert dasturini namoyish etadi. Mazkur konsert oldidan xonanda tomonidan kutilmagan tuhfa sifatida duet tarona “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Duetdosh esa deyarli barchaning sevimli xonandasiga aylanishga ulgurgan Tohir Sodiqov. FM 101.00 to‘lqinida ilk bora jarang sochgan qo‘shiq “Indamay” deya nomlanib, yo‘nalish va musiqa jihatdan ilk notalaridanoq tinglovchi e’tiborini tortadi.
Pinhona muhabbat va aytilmagan so‘zlar, ichki hissiyotlar jo‘sh urgan taronaning “O‘zbegim Taronasi” radiosida premyerasi berilgach, turli fikrlar qabul qilindi.
https://www.youtube.com/watch?v=RgoW5s4Vg2E
Asosan “nihoyat Rayhondan ham, Tohir Sodiqovdan ham biz kutgan qo‘shiq” deya ta’rif berilgan duet tarona uchun hatto estradamizning ko‘plab yulduzlari ham baho berishdi. O‘zining ohanggi bilan dilga manzur kelishi ham e’tirof etildi.
Izoh (0)