Daryo

Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li sevgilisini deb merosdan voz kechdi

Yaxshi obro‘ga ega bo‘lmagan qiz yigitning ota-onasiga yoqmadi, yoshlarning munosabatlariga chek qo‘yish uchun ular o‘g‘lini merosdan mahrum etishga ham tayyor

1 daqiqa o‘qish42 685 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li Patrik o‘tgan kuzda 21 yoshli, doimo shov-shuvlar markazida bo‘luvchi qo‘shiqchi Mayli Sayrus bilan uchrasha boshladi. Yaxshi obro‘ga ega bo‘lmagan qiz yigitning ota-onasiga yoqmadi, deb yozadi “Segodnya.ua”. Yoshlarning munosabatlariga chek qo‘yish uchun ular o‘z o‘g‘lini merosdan mahrum etishga ham tayyor.

Mayli va Patrik. Foto: Splash News

Sayrusning ota-onasi qizining yangi yigitidan mamnun, biroq yigitchaning ota-onasi Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayver, oilaning do‘stlari so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining tanlovidan norozi. Ular Patrikni o‘z ma’shuqasidan voz kechmasa, moliyaviy ta’minotdan mahrum qilish haqida ogohlantirdi. Yigit esa bunga xotirjam yondashib, o‘z sevgilisi Maylidan voz kechgandan ko‘ra, qashshoqlikda yashashni afzal bilishini aytib javob qildi.

Ota-onasi Patrik 25 yoshga to‘lganida (u hozir 21 yoshda) unga 50 million dollar mablag‘ni topshirmoqchi edi, endi nomaqbul qiz tufayli u pulsiz qolishi mumkin.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar