Daryo

Google onlayn tarjima xizmatiga o‘zbek tili qo‘shildi

Endi ushbu xizmat orqali o‘zbek tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud

1 daqiqa o‘qish29 174 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “Daryo”

Google Translate online tarjima xizmatida o‘zbek tili paydo bo‘ldi. Endi ushbu xizmat orqali o‘zbek tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud.

Skrinshot: “Daryo”

2014-yil yanvar oyida internet-gigant o‘zbek tilidan tashqari qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillaridagi yangi onlayn-tarjimonni joriy etishga yordam berishni xohlovchi ko‘ngillilarni yig‘ish uchun e’lon bergan edi. Buning uchun Markaziy Osiyo tillaridan biri yoki bir nechtasidan tashqari ingliz tilini ham bilish talab qilinardi.

Hozirda Google Translate tillari ro‘yxatidagi 90 ta til orasida o‘zbek, tojik va qozoq tillarini ko‘rish mumkin.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar