AQSh hukumati Afg‘onistondagi Bagram harbiy qamoqxonasi faoliyatini to‘xtatdi. “Interfaks” axborotiga ko‘ra, bungacha ushbu qamoqxonada ushlab turilgan so‘nggi ikki mahbus Afg‘oniston hukumatiga topshirilgan, deb xabar bermoqda “Kun”.
Shunday qilib, Afg‘oniston hududida AQSh mudofaa vazirligi — Pentagonning birorta ham qamoqxonasi qolmadi. OAV xabarlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning mahbuslarni qiynoqqa solish usullari haqidagi ma’lumotlar matbuotga chiqib ketishi ortidan Pentagon Afg‘onistondagi oxirgi mahbuslarni o‘zidan soqit qilgan.Avvalroq, qator OAVlarda MRBning qiynoq usullari haqida maqolalar chop etilgan, ular 6000 betdan iborat bo‘lgan hisobotga asoslangan edi. Unga ko‘ra, AQShga tegishli bo‘lgan, biroq xorijda joylashgan qamoqxonalarda MRB tomonidan muntazam ravishda qiynoq bilan so‘roq qilish usullaridan foydalanilgan.
Bu qat’iy so‘roq qilish usullari 2001-yil 11-sentabridan so‘ng AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jorj Bush qabul qilgan maxfiy dasturning bir qismi bo‘lgan. 2009-yilda AQSh prezidentligi lavozimiga qayta saylangan Barak Obama bu usullarni qiynoqlarga tenglashtirib, dasturni to‘xtatib qo‘ygandi.
Izoh (0)