Daryo

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda iPhone 6 smartfonining puliga necha litr sut xarid qilish mumkinligi bilan tanishing

O‘zbekistonda sotilayotgan 16 Gb xotirali iPhone 6 smartfonining puliga 625 litr sut xarid qilish mumkin

1 daqiqa o‘qish18 174 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Аргументы и факты

Mashhur Аргументы и факты gazetasi dunyoning turli mamlakatlarida 16 Gb xotirali iPhone 6 smartfoni necha puldan sotilayotgani va uning puliga mahalliy narx bilan necha litr sut xarid qilish mumkinligi haqida qiziqarli infografikani e’lon qildi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Аргументы и факты

Undan ko‘rish mumkinki Yevropa davlatlarida 16 Gb xotirali iPhone 6 smartfoni o‘rtacha 700 yevrodan sotilmoqda. Eng arzon iPhone 6 smartfonini AQSh va Yaponiyadan xarid qilish mumkin. Inforgrafikadagi eng qimmat iPhone 6 smartfoni esa Braziliyada sotilmoqda.

Shu bilan birga Kanadada iPhone 6 smartfonining puliga eng kam — 277 litr sut xarid qilish mumkin bo‘lsa, Turkiyada iPhone 6’ning o‘rniga eng ko‘p — 1174 litr sut sotib olish mumkin.

Mobinfo.uz saytining ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda 16 Gb xotirali iPhone 6 smartfonini o‘rtacha 2,5 million so‘mdan xarid qilsa bo‘ladi. Korzinka.uz’da esa 2 foiz yog‘li sut taxminan 4000 so‘mdan sotilmoqda. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda sotilayotgan iPhone 6 smartfonining puliga Korzinka.uz’dan 625 litr sut xarid qilish mumkin.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar