Daryo

Apple iPhone 6 smartfonining Android’da ishlaydigan nusxasi dekabrdan sotila boshlanadi

Xitoyda 4,7 dyuymli Apple iPhone 6 smartfonining Android operatsion tizimida ishlaydigan nusxasi ishlab chiqarildi

1 daqiqa o‘qish10 690 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Phonearena.com

Xitoyda 4,7 dyuymli Apple iPhone 6 smartfonining Android operatsion tizimida ishlaydigan nusxasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Foto: Phonearena.com

Ushbu smartfon Dakele 3 deb nomlangan va tashqi ko‘rinishidan iPhone 6 smartfoni bilan bir xil, faqatgina u Android’da ishlaydi. Dakele 3 smartfonida 64 bit, sakkiz yadroli MediaTek MT6572 protsessori, 3 Gb tezkor xotira, 13 megapikselli asosiy kamera o‘rnatilgan.

U Dakele kompaniyasining Android KitKat versiyasiga o‘xshash, maxsus interfeysida ishlaydi. Dakele 3 smartfoni dekabrdan boshlab sotila boshlanadi. Uning barcha suratlarini “Parol” nashridagi ushbu fotojamlanmada tomosha qilsangiz bo‘ladi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar