“Ariran” xalq qo‘shig‘ining Shimoliy Koreya varianti YuNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi va KXDRning bu boradagi ilk vakiliga aylandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ushbu qo‘shiqning Janubiy Koreya varianti 2012-yilda meroslar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Shimoliy Koreyaning Pxenen-Namdo, Xvanxe-Namdo, Kanvondo, Xamgen-Namdo, Chagando va Pxenyan viloyatlari uchun an’anaviy bo‘lgan qo‘shiqning oltita versiyasi hozirda nomoddiy madaniy meroslar ro‘yaxtiga kiritilgan.
“Ariran” ham Janubiy, ham Shimoliy Koreyada eng taniqli va sevimli qo‘shiqlardan biri bo‘lib, uning har xil yangi varianatlari hozirgacha chiqarilib turadi.
Izoh (0)