Daryo

Google Chrome brauzerining mobil versiyasidan 400 million kishi foydalanmoqda

Smartfonlar uchun mo‘ljallangan yana bir ommabop mobil brauzer — Opera’dan hozirda 100 million nafar kishi foydalanmoqda

1 daqiqa o‘qish9 734 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: BGR

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Chrome developerlari yig‘ilishida Google xodimi Darin Fisher bugungi kunda Google Chrome brauzerining mobil versiyasidan 400 million nafar kishi foydalanayotganini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Foto: BGR

Joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan Google I/O konferensiyasida Chrome brauzerining mobil versiyasidan 300 million nafar kishi foydalanayotgani xabar qilingan edi. Oradan taxminan olti oy o‘tib bu ko‘rsatkich 100 millionga oshganini ko‘rish mumkin.

Ta’kidlab o‘tish joiz, smartfonlar uchun mo‘ljallangan yana bir ommabop mobil brauzer — Opera’dan hozirda 100 million nafar kishi foydalanmoqda.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar