Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

26-noyabr kuni “Chig‘atoy” o‘quv bazasida O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasini Jahon chempionati bahslariga kuzatishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, O‘FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 28-noyabr kuni Meksikada start oladigan navbatdagi jahon chempionati bahslarida ishtirok etadi va amaldagi jahon chempioni nomini himoya qiladi.

O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov nogiron-amputantlar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi. Amaldagi jahon chempioni sanaladigan terma jamoaga Meksika maydonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekistonga yorug‘ yuz va navbatdagi oltin medallar bilan qaytishini tiladi.

Mavzur Umarxo‘jayev bosh murabbiyligidagi terma jamoa o‘z ishtirokini musobaqaning “A” guruhida 28-noyabr kuni boshlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Yuz terisiga zarar yetkazadigan 5 ta mahsulot
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston va Navoiyda pul evaziga “prava” olish imtihonidan o‘tkazishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi
Mahalliy
Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi