Daryo

Toshkent shahrida eng qimmat Huawei smartfoni 1,3 million so‘mdan sotilmoqda

Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan Huawei smartfonlarining narxlari e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish11 408 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GSMarena

Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan Huawei smartfonlarining narxlari Mobinfo.uz sayti tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: GSMarena

Unga ko‘ra ushbu majmuada eng qimmat Huawei smartfoni Ascend P7 bo‘lib, u 1 300 000 so‘mdan sotilmoqda. Ascend P7 gadjeti 4G LTE modulida ishlaydigan smartfonlar orasida eng ingichkasi hisoblanadi.

Unda 5 dyuymli FullHD displey, 1,8 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, Mali 450 videokartasi, 2 Gb tezkor va kengaytirish mumkin bo‘lgan 16 Gb ichki xotira, 2500 mA·soat quvvatga ega batareya, 8 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Batareyasining quvvati tinimsiz gaplashilganda 14 soatga yetadi. Uning o‘lchamlari 13,9×6,8×6,5 milimetrni, og‘irligi esa 124 grammni tashkil etadi. “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan barcha Huawei smartfonlarining narxlari bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishsangiz bo‘ladi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar