19-noyabrdan boshlab o‘zbekistonliklar ham Google Play Books xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ldi. Bu haqda iLike.uz blogi xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Shu paytgacha Google Play’ning mobil dasturlar, o‘yinlar va filmlar xizmatidan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin edi. Endilikda esa Google Play’dan kitoblarni ham bepul yoki xarid qilib olish imkoniyati yaratildi.

Google Play’ning kitoblari rus va ingliz tilida bo‘lib, ularning narxi dollarda ko‘rsatilgan. Kitoblarni veb-brauzerdan yoki iOS va Android uchun mo‘ljallangan mobil dasturdan ko‘chirib olish mumkin.









