Daryo

Nokia Lumia 730 smartfoni yordamida eng katta selfi surat olindi

Microsoft Lumia Bangladesh kompaniyasi tomonidan olingan ushbu suratda 1151 nafar kishi ishtirok etgan

1 daqiqa o‘qish13 104 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Phonearena.com

Bangladeshda Nokia Lumia 730 smartfonidan foydalanilib, 1151 nafar kishining selfi surati olindi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Foto: Phonearena.com

Bunda Microsoft Lumia Bangladesh kompaniyasi tomonidan ushbu smartfonning 5 megapikselli old va keng o‘lchamda tasvirga oladigan kamerasidan foydalanildi. Suratda juda ko‘p kishilarning yuzini ko‘rish va ularni tanish mumkin. Shu bois u eng katta selfi surat deb qaralmoqda.

Hozircha ushbu surat Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq ko‘rish va tanish mumkin bo‘lgan, 1152 nafar kishi ishtirok etgan selfi surat haqida ham hozircha xabar berilmagan.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar