Daryo

Sony’ning bugungi kundagi mashhur logotipi 1981-yilda boshqasiga almashtirilishi mumkin edi

1981-yilda Sony kompaniyasining 35 yilligi uchun uning logotipini qayta dizayn qilish tanlovi e’lon qilingan

1 daqiqa o‘qish10 630 ko‘rishlar0 izoh0
1981-yilda o‘tkazilgan tanlovning final bosqichiga chiqqan logotiplar. Foto: LookAtMe

Dizayner Greg Prichard 1981-yilda Time nashrida chop etilgan, Sony kompaniyasining yangi logotipini yaratish tanlovining natijalarini Brand New saytida e’lon qildi. Bu haqda LookAtMe xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

1981-yilda o‘tkazilgan tanlovning final bosqichiga chiqqan logotiplar. Foto: LookAtMe

1981-yilda Sony kompaniyasining 35 yilligi uchun uning logotipini qayta dizayn qilish tanlovi e’lon qilingan. Unda istalgan kishi ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Kompaniya m’lumotlariga ko‘ra, ushbu tanlovga taxminan 30 mingta qayta ishlangan Sony logotiplari taqdim etilgan.

Hakamlar tanlovga yuborilgan logotiplar orasidan avval 59 tasini tanlab olishadi. Keyin esa ular orasidan uchtasi final bosqichiga chiqariladi. Biroq final bosqichidagi uchta logotipdan birortasi ham 1957-yilda yaratilgan va hozirgi kungacha foydalanilib kelinayotgan Sony logotipidan yaxshiroq deb bilinmaydi va tanlov sovrini uchun ajratilgan mablag‘ uch nafar finalchiga taqsimlab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Sony kompaniyasining hozirgi kundagi mashhur logotipi 1957-yilda dizaynerlar Yasuo Kuroki va Akio Morita tomonidan yaratilgan.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar