Daryo

Microsoft yangi reklama roligida Apple’ning iPhone 6 Plus smartfonini masxara qildi

Microsoft kompaniyasi o‘zining Cortana va Apple’ning Siri ovozli yordamchilarining suhbati tasvirlangan yangi reklama roligini taqdim etdi

1 daqiqa o‘qish13 916 ko‘rishlar0 izoh0

Microsoft kompaniyasi o‘zining Cortana va Apple’ning Siri ovozli yordamchilarining suhbati tasvirlangan yangi reklama roligini taqdim etdi. Bu haqda LookAtMe xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Unda Microsoft’ning Cortana’si Lumia smartfonlaridagi innovatsion yangiliklar iPhone 6 Plus smartfonida bormi, deya Apple’ning Siri’sidan so‘raydi. Siri esa Cortana’ning barcha savollariga iPhone 6 Plus smartfoni shunchaki kattaroq ekanligini aytadi. Bu bilan Microsoft kompaniyasi Apple’ning yangi smartfonida innovatsion yangiliklar yo‘qligini tasvirlamoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft o‘zining Cortana’si bilan Apple iPhone 5s smartfonining Siri’sini taqqoslagan edi. Unda iPhone 5s’ning ovozli yordamchisi Cortana bajargan vazifalarni bajara olmagani tasvirlangan.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar