Daryo

24-noyabr kuni “Muloqot yulduzi” tanlovi yakunlandi

Ushbu tanlovda ishtirok etganlar orasidan eng ko‘p “yulduz” to‘plagan uch nafar ishtirokchiga Samsung Galaxy smartfonlari sovg‘a sifatida topshiriladi

1 daqiqa o‘qish10 827 ko‘rishlar0 izoh0
“Muloqot” saytlar tarmog‘ining 23-sentabrda boshlangan “Muloqot yulduzi” nomli tanlovi bugun, 24-noyabr kuni soat 14:00 da o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu tanlov ijtimoiy tarmoqning Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil dasturida o‘tkazildi. Unda ishtirok etish uchun:
  1. “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining Android-dasturini Google Play’dan yuklab olish;
  2. Unga qiziqarli surat joylash,
  3. va “yulduz”lar to‘plash kerak edi.
“Muloqot yulduzi” tanlovida jami 4500 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi va ular orasidan eng ko‘p “yulduz” to‘plagan uch nafar ishtirokchiga quyidagi Samsung Galaxy smartfonlari sovg‘a sifatida topshiriladi.
1–o‘rin uchun Samsung Galaxy S5 smartfoni
2–o‘rin uchun Samsung Galaxy S4 mini smartfoni
3–o‘rin uchun Samsung Galaxy S3 mini smartfoni

Tanlov natijalari yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi. G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi esa 7-dekabrgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar