Daryo

Yaponiyalik arxitektor soya hosil qilmaydigan yoritish tizimini ishlab chiqdi

Buning uchun 13×16 metr yuzali maydonga ega xona 6000 ta diodli maxsus chiroqlar bilan yoritildi

1 daqiqa o‘qish17 464 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LookAtMe

Yaponiyalik arxitekor va Singapur dizayn hamda texnologiya universitetining professori Savako Kadzima soya hosil qilmaydigan yoritish tizimi ishlab chiqdi. Bu haqda LookAtMe xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Foto: LookAtMe

Buning uchun u Singapur universitetidagi 13×16 metr yuzali maydonga ega xonani 6000 ta diodli maxsus chiroqlar bilan yoritdi. Chiroqlar nurni shunday yo‘naltiradiki, xonada biror buyumning soyasi paydo bo‘lmaydi. Nazariya bo‘yicha esa bunday bo‘lmasligi kerak.

Foto: LookAtMe

Ushbu chiroqlarning har biriga 10 kilogrammgacha yuk osish mumkin. Masalan, kiyim ilish, ikkitasida displey, uchta va undan ko‘prog‘ida esa xona jihozlarini osib qo‘yish mumkin.

Foto: LookAtMe
Savako Kadzimaning ushbu loyihasi IDC Space deb nomlanadi va u Inside festivalining displeylar yo‘nalishida g‘olib deb topilgan.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar