Daryo

“Muloqot” dasturiga rasm yuklang va Samsung Galaxy S5 smartfonini yutib oling

“Muloqot” saytlar tarmog‘i 23-sentabrdan 24-noyabrga qadar davom etadigan “Muloqot yulduzi” tanlovini boshladi

2 daqiqa o‘qish44 307 ko‘rishlar0 izoh0
1–o‘rin uchun Samsung Galaxy S5 smartfoni

“Muloqot” saytlar tarmog‘i “Muloqot yulduzi” nomli tanlovini boshladi. Tanlov 2014-yilning 23-sentabridan 24-noyabr, soat 14:00 ga qadar davom etadi.

Foto: “Daryo”
Tanlovda ishtirok etish uchun:
  1. “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining Android-dasturini Google Play’dan yuklab oling;
  2. Unga qiziqarli suratingizni joylang
  3. va “yulduz”lar to‘plang!
Eng ko‘p “yulduz” to‘plagan uch nafar ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topiladi va ularga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:
1–o‘rin uchun Samsung Galaxy S5 smartfoni
2–o‘rin uchun Samsung Galaxy S4 mini smartfoni
3–o‘rin uchun Samsung Galaxy S3 mini smartfoni
G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi 7-dekabrgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

  1. Tanlovda faqat muallif o‘zi olgan suratlar ishtirok etadi. Muallifdan o‘zga kishilar tomonidan olingan suratlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
  2. Bir a’zo bir necha surat joylashi mumkin, ammo uning bitta — eng ko‘p “yulduz” to‘plagan surati tanlovda ishtirok etadi;
  3. Tanlovda O‘zbekiston qonunlari va odob-ahloq normalariga zid suratlar ishtirok etishi taqiqlanadi. Bunda suratlar joylangan taqdirda surat o‘chirib tashlanadi va a’zo tanlovdan chetlatiladi;
  4. Tanlov ishtirokchisi “Muloqot”da o‘z asl ismi va familiyasini ko‘rsatishi shart. Asl ism-familiyasini ko‘rsatmagan ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi;
  5. Tanlovda bir pasport egasi faqat bitta profil bilan qantashishi mumkin;
  6. Tanlov g‘olibiga aylangan a’zolar “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i orqali ogohlantiriladi. Tanlov taqdirlash marosimida ishtirok etmagan g‘oliblar tanlovdan chetlatiladi;
  7. Tanlov sovg‘alarining pulli ekvivalenti to‘lanmaydi;
  8. Tanlov tashkilotchisi Simple Networking Solutions hisoblanadi;
  9. Tanlovda ishtirok etgan suratlar Tashkilotchi mulki hisoblanadi va Tashkilotchi suratdan istalgancha foydalanish huquqiga ega;
  10. Tashkilotchi tomonidan avval uyushtirilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan kishilar ushbu tanlovda ishtirok etishi taqiqlanadi;
  11. Tanlovda Tashkilotchi va ularning yaqin qarindoshlari qatnashishi mumkin emas;
  12. Tanlovda ishtirok etgan a’zo o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi tomonidan qayta ishlanishga ruxsat beradi;
  13. Tanlovda ishtirok etgan a’zo avtomatik tarzda ushbu qoidalarga rozilik bildiradi;
  14. Yuqoridagi shartlarni bajarmagan ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘llanma:

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining Google Play’dagi mobil dasturini yuklab oling
Yuklab olingan “Muloqot” dasturini smartfoningizga o‘rnating
O‘rnatilgan “Muloqot” dasturini oching
Dastur tillaridan o‘zingizga qulayini tanlang
Telefon raqamingizni tasdiqlang
Telefon raqamingizni tasdiqlang
Tasdiqdan o‘tkazilgan telefon raqamiga kelgan kodni kiriting
O‘zingiz olgan suratni “Fotografiya qo‘shing” bandi orqali tanlang, istasangiz unga izoh yozing va tanlovda ishtirok etish uchun yuboring
“Muloqot” dasturi lentasidan suratingiz shunday tarzda o‘rin egallaydi va ularga “yulduz” to‘plashni boshlashingiz mumkin bo‘ladi
Dasturning “Tanlov” sahifasida ishtirokchilar to‘plagan “yulduz”larni ko‘rishingiz mumkin

“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining mobil dasturini Google Play’dan yuklab olishni unutmang! Tanlovdagi ishtirokingizda omad tilaymiz :)

O‘zgarish: Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Muloqot yulduzi” tanlovining yakunlanish vaqti 27-oktabrdan 24-noyabr soat 14:00 ga ko‘chirildi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar