Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple kompaniyasi ommalashgan naushniklar ishlab chiqaruvchisi Beats Electronics kompaniyasi hamda Beats Music musiqiy onlayn-servisni uch milliard dollarga sotib oldi. Bu haqda Apple rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: mashable.com

Foto: mashable.com

Ushbu kompaniya Beats naushniklaridan tashqari, akustik tizimlar va audiodasturlar chiqaradi. Kelishilgan 3 milliard dollarning 2,6 milliardi xarid chog‘ida to‘lanadi, qolgan qismi esa keyingi bir necha yil ichida taqdim etiladi. Oldi-sotdini Apple o‘z moliyaviy yilining to‘rtinchi choragida amalga oshiradi, u sentabrda tugaydi.

Beats hamta’sischilari — Interscope Records leybli direktorlar kengashi raisi Jimmi Ayovin va Dr. Dre sifatida taniqli reper Andre Yang Apple jamoasiga kelib qo‘shiladi.

Ba’zi OAVlarning taxmin qilishicha, Ayovin Apple mediabiznesida rahbarlik lavozimlaridan birini boshqarishi yoki Tim Kuk maslahatchisiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, Yang ham, Ayovin ham Apple imidji uchun qo‘l kelishi mumkin.

Apple’ning internet-servislar va dasturiy ta’minot bo‘yicha vitse-prezidenti Eddi Kyuning ta’kidlashicha, xarid natijasida kompaniya iTunes Radio servisida musiqa eshitishni Beats Music va iTunes Store onlayn-do‘koni bilan mujassamlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi