Daryo

Ummonga qarshi uchrashuv Karpenko, Shatskix va Baqoyev uchun xayrlashuv o‘yini bo‘ladi

Bu haqda “Bunyodkor” matbuot xizmati xodimi Abror Imomxo‘jayev Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish13 032 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Viktor Karpenko, Maksim Shatskix va Ulug‘bek Baqoyev uchun may oyida o‘tkaziladigan Ummon terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini xayrlashuv uchrashuvi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Bunyodkor” matbuot xizmati xodimi Abror Imomxo‘jayev Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan, deb yozadi Uff.uz.

Foto: sport-xl.org

“O‘zbekiston futbol federatsiyasi milliy terma jamoa safida 50 dan ziyod uchrashuvda maydonga tushgan va hozirda termadagi faoliyatini yakunlagan futbolchilar bilan munosib xayrlashishni rejalashtirgan, — deb yozadi Abror Imomxo‘jayev. — Ummon bilan Toshkentda o‘tkaziladigan uchrashuvda Viktor Karpenko, Maksim Shatskix va Ulug‘bek Baqoyev maydonga tushadi va muxlislar olqishi ostida terma jamoa bilan xayrlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi!”

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar