Suriyaning Aleppo shahridagi bombardimonlar chog‘ida boshlang‘ich maktab binosiga bir nechta bomba kelib tushdi, natijada 25 bola halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Otishma 29-aprel kuni sodir bo‘lgan, qurbonlar soni esa bugun aniq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, aviahujumlar hukumat qo‘shinlari tomonidan shahardagi bir nechta kvartallarni isyonchilardan tozalash maqsadida uyushtirilgan.
Yaqinda esa Damashqning shialar hududida joylashgan shariat o‘quv majmuasi muxolifat jangarilari tomonidan o‘qqa tutilgan, natijada 14 kishi halok bo‘lib, 86 kishi jarohat olgan edi.
Bundan tashqari, chorshanba kuni Xomsada ikkita avtomobil portlashi 37 kishining umriga zomin bo‘ldi. Shahar hukumati terrorchilik harakatlari uyushtirishda qurollangan muxolifatni ayblamoqda.
Izoh (0)