Daryo

Artel Perfect1 smartfonini Toshkentda 650 ming so‘mga xarid qilish mumkin

Artel Perfect1 ikki simkartali smartfon bo‘lib, Jelly Bean Android 4.2.2 operatsion tizimida ishlaydi

1 daqiqa o‘qish20 590 ko‘rishlar0 izoh0

Artel kompaniyasining top-smartfoni Artel Perfect1 poytaxt savdo rastalarida 650 ming so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda mobinfo.uz xabar berdi.

perfetc1
Foto: mobinfo.uz

Avvalroq smartfonning texnik xususiyatlari e’lon qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Artel Perfect1 ikki simkartali smartfon bo‘lib, Jelly Bean Android 4.2.2 operatsion tizimida ishlaydi. 4,7 dyuymli 1280×720 o‘lchamdagi ekranga ega.

Smartfon 4 Gb ichki va 1 Gb tezkor xotira bilan ta’minlangan. 32 Gb gacha tashqi xotira kartasini o‘rnatish mumin. 8 va 2 megapikselli orqa va old kameralari bor.

Artel Perfect1 oq va qora korpuslarda taqdim etiladi. Telefonning o‘lchami 134×68×7,9 mm. Og‘irligi 122 gramm.

Smartfon mini-USB simi, naushnik, kafolat taloni (kafolat va bepul xizmat 1 yilga), foydalanish ko‘rsatmalari kitobchasi bilan birga sotiladi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar