Daryo

Fransuzlar soat 18:00 dan keyin pochtasini tekshira olmasligi haqida xato xabar tarqatildi

Aslida esa xodimlarga 13 soat vaqtini ishda o‘tkazganidan keyin kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xatlarga javob qaytarmaslikka ruxsat berilgan, xolos

1 daqiqa o‘qish12 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: tjournal.ru

Fransiyadagi ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasida tuzilgan shartnomani ingliz tilida faoliyat yurituvchi bir nechta ommaviy axborot vositalari noto‘g‘ri sharhlashdi. Natijada, “Fransiyada internet texnologiyalari sohasi ishchilari o‘z pochtalarini kechki soat oltidan keyin tekshira olmasliklarini belgilovchi qoidalar joriy etildi”, deya xato xabarlar tarqalib ketdi. Bu to‘g‘rida TJournal nashri xabar qilgan.

Foto: tjournal.ru

9 va 10-aprel kunlari shunday shartnoma imzolanganligi haqida Angliyaning Guardian gazetasi, Mashable internet-nashri, New York Magazine jurnali, CNBC telekanali sayti va boshqa bir qator nashrlar xabar tarqatishgan. Bu materiallarda ko‘rsatilishicha, endi Fransiyada soat 18:00 dan keyin ish beruvchi va rahbarlar o‘z xodimlarini bezovta qilishmaydi, xodimlar esa ish bo‘yicha ochilgan pochtasiga kira olmaydi.

Aslida esa Fransiyadagi internet texnologiyalari sohasi xodimlariga 13 soat vaqtini ishda o‘tkazganidan keyin kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan elektron xatlarga javob qaytarmaslikka ruxsat berilgan, xolos. Shu haqdagi shartnoma Fransiyadagi CFDT va CGC kasaba uyushmasi rahbari va mahalliy ish beruvchilar federatsiyasi vakillari orasida imzolangan.

Masalani o‘rganib chiqqan Buzzfeed nashri shartnomaning nusxasini qo‘lga kiritgan. Aniqlanishicha, tomonlar imzolagan shartnomada kunning aniq biror vaqti ko‘rsatilmagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar