Daryo

OpenSSL paketidagi kamchilik internet-serverlarning uchdan ikki qismini xavf ostida qoldirdi

Ushbu kamchilik qora niyatdagi kishilarga server tezkor xotirasining ayrim qismlarini o‘qish imkonini bergan

1 daqiqa o‘qish16 156 ko‘rishlar0 izoh0

OpenSSL ochiq kriptografik kutubxonasining server va foydalanuvchi o‘rtasidagi https-ulanishni ta’minlaydigan paketida “Heartbleed” deb atalgan kamchilik topildi. Bu haqda “Sukerberg pozvonit” nashri xabar berdi.

heartbleed
Foto: heartbleed.com

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kamchilik qora niyatdagi kishilarga server tezkor xotirasining ayrim qismlarini o‘qish imkonini bergan. Shu tariqa, ular foydalanuvchilarning login va parollari, Cookie’lari va hatto serverning SSL-kalitlarini bilib olgan.

OpenSSL kodiga xato bundan ikki yil avval kirib qolgan bo‘lsa-da, Google xodimi Nil Mexta va Codenomicon kompaniyasi mutaxassislari uni endi aniqladi.

Heartbleed potensial xavfga ega bo‘lgani sababli, jamoatchilik uni qizg‘in muhokama qildi. Ishlab chiquvchilar OpenSSL’ni tezkorlik bilan yangilagan bo‘lsa-da, kamchilik 2012-yildan buyon o‘n millionlab serverlarga “yuqib” ulgurgan.

OpenSSL kutubxonasi dasturchilar va administratorlar orasida ko‘proq mashhur bo‘lsa-da, dunyodagi serverlarning uchdan ikki qismi ushbu texnologiyadan foydalanadi. Shu jumladan, Google, “Yandeks” va “Alfabank”. Heartbleed’dan foydalanib, firibgarlar boshqalarning xatlarini o‘qishi yoki onlayn-banking ma’lumotlariga ega bo‘lishi mumkin edi.

Apple va Microsoft bunday xavfdan omon qoldi: ular o‘zlariga tegishli kriptografik asboblardan foydalanadi. Aksincha, Yahoo’ga ancha ziyon yetgan, ayni paytda u o‘z serverlaridagi dasturiy ta’minotni yangilamoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar