Daryo

Instagram’ga ilk bora fazoda olingan surat joylashtirildi

Svenson fazoviy majmua modulida turib olib, “Xalqaro kosmik stansiyaga qaytdim, hayot go‘zal”, – deb yozadi

1 daqiqa o‘qish3 458 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: instagram.com/iss

Xalqaro kosmik stansiyaning Instagram tarmog‘idagi profiliga astronavt Stiven Svensonning selfisi joylandi. Gizmodo‘ning ta’kidlashicha, bu rasm servis tarixidagi fazoda olingan ilk fotosuratdir, deb yozadi Look At Me sayti.

Foto: instagram.com/iss

Svenson fazoviy majmua modulida turib olib, “Xalqaro kosmik stansiyaga qaytdim, hayot go‘zal”, – deb yozadi.

Xalqaro kosmik stansiya (XKS) fazogirining selfisi Yerdan tashqarida olingan birinchi avtoportret-surat emas. O’tgan yili NASA’ning 32-ekspeditsiyasi bortinjeneri Mayk Xopkins ham XKS’dan ochiq fazoga chiqib, selfi janrida fotosurat olgan.

O‘tgan oyda NASA “Gravitatsiya” filmidan ilhomlangan holda olingan suratlarni keng omma bilan baham ko‘rgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar