Daryo

Dunyodagi eng “jirkanch” brauzer bilan vidolashish vaqti keldi

“Afsuski, 12 yoshli brauzer hali ham bozorning 4,15 foizini egallab turibdi, undan to‘liq qutulganimizcha yo‘q”

1 daqiqa o‘qish25 852 ko‘rishlar0 izoh0

Kecha, 8-aprel kuni Microsoft kompaniyasi Windows XP operatsion tizimi va Office 2003 ofis dasturlari paketi texnik yordamini to‘xtatdi. Endi eng “jirkanch” brauzer — Internet Explorer 6 bilan ham xayrlashish mumkin. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Безымянный
Foto: The Verge

2001-yilda chiqarilgan Windows XP o‘zi bilan Internet Explorer 6’ni ham dunyoga tarqatdi. Bir necha yil ichida u eng kerakli brauzerga aylandi. Biroq yillar o‘tgan sari uning ahamiyati tushib ketdi.

IE dunyo bozorining 90 foizini egallab olgach, kompaniyadagilar yangi versiyani yaratishga shoshilmadi. Natijada IE 7 besh yil deganda dunyo yuzini ko‘rdi. Biroq IE standartlarga to‘liq mos kelmagani sababli xavfsizlik bo‘yicha muammolar paydo bo‘ldi. IE xizmati yomonlashib boravergach, foydalanuvchilar uning tugatilishini so‘rab kampaniyalar o‘tkaza boshladi. Ularning nafrati Firefox va Chrome kabi brauzerlarga qo‘l keldi.

“Afsuski, 12 yoshli brauzer hali ham bozorning 4,15 foizini egallab turibdi, undan to‘liq qutulganimizcha yo‘q”, — deb yozadi nashr.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar