Daryo

AQShda 300 million yilda atigi bir soniyaga adashadigan atom soati ishga tushirildi

Parijdagi Xalqaro o‘lchovlar va mezonlar byurosi NIST-F2’ni dunyodagi eng aniq ishlaydigan atom soati, deya e’tirof etgan.

1 daqiqa o‘qish18 028 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: vesti.ru

AQSh Savdo vazirligi Standartlar va texnologiyalar milliy instituti (NIST) 2014-yilning 3-aprelida NIST-F2 deb nomlangan yangi atom soatini ishga tushirdi. Uning aniqligi shu darajadaki, 300 million yilda bir soniyagagina adashishi mumkin. Bu haqda institutning rasmiy sayti ma’lumot bermoqda.

Foto: vesti.ru

NIST xabariga ko‘ra, yangi soat avvalgi NIST-F1 o‘rniga qo‘yilib, AQShda fuqarolik vaqti andozasi (standarti) sifatida qo‘llaniladi. Avvalroq NIST-F2 haqidagi ma’lumotlar Parijdagi Xalqaro o‘lchovlar va mezonlar byurosiga yuborilgan va bu tashkilot uni dunyodagi eng aniq ishlaydigan atom soati, deya e’tirof etgan edi.

Atom soatining avvalgi versiyasi – NIST-F1 AQShda 1999-yildan buyon fuqarolik vaqti andozasi sifatida qo‘llanib kelinayotgan edi. Amerika harbiy vaqti andozasi esa boshqa tashkilot – AQSh Harbiy-dengiz observatoriyasi tomonidan belgilanadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar