Daryo

Alisher Usmonovning Mail.ru Group kompaniyasi “VKontakte” aksiyalarining yana 11,9 foizini sotib oldi

“Shartnoma natijalariga ko‘ra, kompaniya endi ijtimoiy tarmoqning 51,99 foiz aksiyasi sohibi bo‘ldi”, – deyiladi press-relizda

1 daqiqa o‘qish15 994 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: itar-tass.com

Mail.ru Group internet-xoldingi 4-aprel kuni “VKontakte” aksiyalarining 11,9 foizini sotib oldi. Bu kompaniyaning London fond birjasiga joylashtirilgan xabarnomasida ma’lum qilingan, deb yozadi “ITAR-TASS”

Foto: itar-tass.com

“Shartnoma natijalariga ko‘ra, kompaniya endi ijtimoiy tarmoqning 51,99 foiz aksiyasi sohibi bo‘ldi”, – deyiladi press-relizda.

“VKontakte”ning aksiyalarini “Megafon” bosh direktori Ivan Tavrindan sotib olish borasida Mail.ru Group 2014-yilning mart oyida kelishuvga erishgan edi.

2006-yili yaratilgan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i hozirda internetning rus tilli segmentida eng ommabop saytlardandir. Uning kunlik auditoriyasi 50 million kishidan oshadi. Kompaniyaning eng yirik aksionerlari Mail.ru Group (51,99%) va United Capital Partners jamg‘armasi (48%) hisoblanadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar