Daryo

Sidney hayvonot bog‘ida koalalarni selfi olishga o‘rgatishdi

Sidneydagi Wild Life hayvonot bog‘idagi Bryus, Aaron va Bill laqabli koalalar endi internet “yulduzi”ga aylanib ketishlari mumkin

1 daqiqa o‘qish16 462 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: tjournal.ru

Sony kompaniyasi Sidneydagi hayvonot bog‘iga bir nechta QX10 kameralarini taqdim etdi. Ular yordamida koalalar o‘zlarini suratga olishni o‘rganishgan, deya xabar qiladi Daily Mail.

Foto: tjournal.ru
TJournal nashrining yozishicha, Sidneydagi Wild Life hayvonot bog‘idagi Bryus, Aaron va Bill laqabli koalalar endi internet “yulduzi”ga aylanib ketishlari mumkin. Ularning kataklariga o‘rnatilgan Sony QX10 kameralari Wi-Fi yordamida smartfonga ulana oladi. Jonivorlar kamera oldiga kelganida, harakatlarni ilg‘ab oluvchi datchiklar ishlab ketib, kamera suratga oladi.

Qiziquvchan koalalar kameraga qiziqib, u bilan o‘ynab ko‘rishga harakat qilishadi. Shu tariqa oddiy kishilar o‘zini suratga olib selfi qilishganidek, koalalar selfisi paydo bo‘ladi. Bu suratlar avtomatik tarzda #KoalaQXselfie xeshtegi bilan  hayvonot bog‘ining rasmiy Instagram-akkauntida joylanmoqda va ular ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmoqda.

“Hayvonot bog‘imizga tashrif buyuruvchilarning ko‘pchiligi koalalarni suratga olishadi va o‘zlari ham ular bilan birga rasmga tushishadi, – deydi Wilde Life’ning sutemizuvchilar bo‘limi boshlig‘i Kayli Xekshell. – Endi ular o‘zlari o‘zlarini suratga tushirib, o‘z hayotlarining ayrim lahzalarni mangulikka muhrlab qo‘ya oladigan bo‘lishdi”.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar