Beeline aloqa operatorining yangi abonentlari uchun Welcome bonus aksiyasi endi doimiy ravishda amal qiladi. Kompaniyaning barcha yangi abonentlari muloqot uchun kafolatlangan bonuslarni qo‘lga kiritadi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
“Bravo O!” tarifining yangi abonentlari ulanish paytida Beeline’ning tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlari uchun bepul 200 daqiqa qo‘lga kiritadi. “Oson!” va “Qo‘shnilar+” tarif rejalari abonentlari ulanish paytida O‘zbekiston bo‘ylab jo‘natish uchun 200 bonusli SMS oladi. Zo‘r-Zo‘r MIX yangi abonentlariga bepul 10 Megabayt taqdim etiladi. Bonuslarning amal qilish muddati – 7 kun.
Bepul daqiqalar qoldig‘ini *106# kodini orqali, bepul SMS’larning qoldig‘ini *105# kodini yordamida, bepul MB qoldig‘ini — *103# kodini terib tekshirish mumkin.
Izoh (0)