Daryo

Instagram o‘zining TV ilovasini ishga tushirdi

Endilikda foydalanuvchilar o‘z Instagram lentasidagi post va videolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri televizor ekranida tomosha qila oladi.

1 daqiqa o‘qish3 311 ko‘rishlar0 izoh1

Instagram endi videolarni televizor orqali ham ko‘rish imkonini bermoqda. Platforma AQSHda Google TV qurilmalari uchun mo‘ljallangan maxsus TV ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.

Avvalroq dekabr oyida ushbu ilova Amazon Fire TV qurilmalarida taqdim etilgan edi. Endi esa Google TV foydalanuvchilari ham undan foydalanishi mumkin.

Dastlab ilova Reels videolarini telefondan tashqari qurilmalarda ham ko‘rish uchun yaratilgan. Endilikda foydalanuvchilar o‘z Instagram lentasidagi post va videolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri televizor ekranida tomosha qila oladi.

Bu qadam orqali Instagram katta ekranlar bozorida faol ishlayotgan YouTube bilan raqobatni kuchaytirmoqchi. Ma’lumki, TikTok ham televizor uchun alohida ilovaga ega.

Foto: TechCrunch

Yangi TV ilovasi har bir foydalanuvchi uchun alohida moslashtiriladi. Ya’ni siz Instagram’da qaysi sahifalar va videolarni ko‘proq ko‘rsangiz, televizorda ham shunga o‘xshash kontent tavsiya etiladi. Videolar komediya, musiqa, turmush tarzi kabi yo‘nalishlarga bo‘lingan.

Reels videolari avtomatik ravishda ketma-ket qo‘yiladi. Keyingi videoni ko‘rish uchun lentani qo‘lda aylantirish shart emas. Shuningdek, televizor orqali videolarga layk bosish, izohlarni ko‘rish va ulashish ham mumkin.

Foydalanuvchilar ilovani o‘z akkaunti bilan bog‘lab, bitta hisobga beshtagacha profil qo‘sha oladi. Xohlovchilar esa faqat televizor uchun alohida akkaunt ham ochishi mumkin.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar