Daryo

Gaz narxi bir yilda 39,2 foizga, elektr energiyasi 18,8 foizga qimmatlashdi — Statqoʻm

Oʻzbekistonda dekabrdagi inflyatsiya oxirgi toʻqqiz yildagi eng past darajaga tushdi. Statqoʻm qaysi tovar va xizmatlar narxlari sezilarli oshganini ochiqladi.

1 daqiqa o‘qish27 016 ko‘rishlar0 izoh3

Statistika qoʻmitasi 2025-yil dekabr oyida Oʻzbekistonda qaysi tovar va xizmatlar narxlarida oʻsish kuzatilganini maʼlum qildi.

Infografika: Statistika qoʻmitasi

Oʻtgan oyda mamlakatdagi inflyatsiyaning oylik darajasi 0,9 foizni, yillik hisobi esa 7,3 foizni tashkil etdi. Bu oxirgi 9 yillik dekabrlarida kuzatilgan eng past narxlar oʻsishidir. Masalan, 2025-yil yanvarda yillik inflyatsiya darajasi 9,9 foiz boʻlgan.

Dekabr davomida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,5 foizga, nooziq-ovqatlar 0,3 foizga, xizmatlar 0,7 foizga koʻtarilgan. Hududlar kesimida eng yuqori oylik inflyatsiya Xorazm viloyatida kuzatilgan (1,1 foiz) boʻlsa, yillik hisobda narxlarning yuqori oshishi Qoraqalpogʻiston va Fargʻona viloyatida qayd etilgan (7,7 foiz). Eng past yillik narxlar oʻsishi Qashqadaryo viloyatida (7 foiz) boʻlgan.

Infografika: Statistika qoʻmitasi

Statqoʻmga koʻra, dekabrda qator mahsulotlar narxi keskin oshgan. Masalan, bodring 55,7 foizga, baqlajon 55,9 foizga, pomidor 25,1 foizga, bulgʻor qalampiri 22,9 foizga, karam 22,8 foizga qimmatlashgan. Muhim oziq-ovqatlardan tuxum (+3,4 foiz), goʻsht (+0,5 foiz), sut va yogʻ (+0,4 foiz) narxlarida ham oʻsish kuzatilgan.

Oy davomida benzin 2,4 foizga, propan 1,3 foizga, aviachiptalar narxi 2 foizga oshgan. Oʻz navbatida uyali aloqa xizmatlari narxi ham 5,9 foizga, bank xizmatlari 3, foizga, chiqindi tashish 3 foizga koʻtarilgan.

2025-yil dekabrda yillik hisobda (2024-dekabriga nisbatan) gaz narxi 39,2 foizga, sovuq suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari 35,1 foizga, maishiy chiqindilarni olib ketish 32,5 foizga, suyultirilgan gaz 25 foizga, elektr energiyasi 18,8 foizga oshgan. Issiq suv taʼminoti 11,9 foizga, isitish xizmatlari 11,5 foizga qimmatlashgan. Benzin narxi bir yilda 11,9 foizga oshgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar