• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron aholisiga murojaat qilib, ularni mamlakat rahbariyatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqirdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

    Foto:
    Foto: GPO

    Netanyaxu o‘z murojaatida Erondagi o‘tkir suv tanqisligi muammosini “hozirgi tuzum ag‘darilishi” bilanoq hal etishga va’da berdi. U Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning yaqinda bergan bayonotidan iqtibos keltirdi. Unda siyosatchi jiddiy milliy muammolar, jumladan suv tanqisligi mavjudligini aytgandi.

    Yozning jazirama issig‘ida bolalaringiz chanqog‘ini qondirish uchun toza sovuq suvingiz ham yo‘q. Bu qanday munofiqlik. Eron xalqiga nisbatan qanday e’tiborsizlik, dedi Netanyaxu.

    U qariyb o‘n yil oldin suv resurslarini boshqarishni o‘rgatish uchun fors tilida Telegram kanalini ishga tushirgani va u tez orada 100 000 obunachiga ega bo‘lganini esladi.

    Erondagi suvga tashnalik faqat ozodlikka bo‘lgan chanqoq bilan taqqoslanadi, dedi Isroil bosh vaziri.

    Netanyaxu “Eron ozod bo‘lishi bilanoq, Isroilning suv resurslari bo‘yicha yetakchi mutaxassislari ilg‘or texnologiyalar va tajribalarini olib, Eronning har bir shahriga oqib kelishini” va’da qildi. U Eron rahbariyatini o‘z fuqarolariga “zulm va qashshoqlikni” singdirish hamda ichki ehtiyojlarni moliyalashtirish o‘rniga HAMAS, “Hizbulloh” va husiylarga yuzlab milliard dollarni yo‘naltirishda aybladi.

    Siz og‘ir urush paytida yolg‘iz azob chekayotganingizda, mamlakatdan qochib ketadigan rahbarlarga munosib emassiz, deya gijgijladi yahudiy vaziri.

    Nutqining yakunida Netanyaxu eronliklarni ko‘chalarga chiqishga, “zulmga qarshi” kurashishga va Eronning “korrupsiyaga botgan” rahbariyatini javobgarlikka tortishga chaqirdi.

    Bu mutaassib mullalarga hayotingizni bir daqiqa ham izdan chiqarishga yo‘l qo‘ymang. Siz yolg‘iz emassiz. Isroil siz bilan. Butun ozod dunyo siz bilan, deb ta’kidladi u.

    Eronda suv tanqisligi

    Iyul oyi oxirida Eron misli ko‘rilmagan suv inqiroziga duch keldi, poytaxt Tehron bir necha haftadan keyin suv ta’minotidan uzilishi mumkin. G‘arb ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, inqirozga bir qator omillar, jumladan, o‘nlab yillar davomida suv resurslarini samarasiz boshqarish, talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik kuchayishi sabab bo‘lgan.

    Bundan tashqari, anomal issiqlik oqibatida Eronning bir nechta chuqur suv omborlari sayozlashdi. Iyul oyida Tehron viloyatida suv va elektr energiyasini tejash zarurati tufayli qo‘shimcha dam olish kuni belgilandi.

    Isroil va Eron o‘rtasidagi so‘nggi keskinlik

    Ma’lumot o‘rnida, iyun oyi oxirida Isroil va Eron bir-birining shaharlari va yadroviy obyektlariga hujum qilib, ketma-ket raketa zarbalarini almashgan edi. Keyinroq mojaroga AQSH ham qo‘shildi va Erondagi uchta yadroviy obyekt — Fordo, Natanz va Isfahonga zarbalar berdi.

    O‘shanda Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSHning hujumi uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishini aytgandi. Shuningdek, Eron AQSH zarbalariga qaramay, yadro energetikasini rivojlantirishni to‘xtatmasligini bildirdi. Oradan bir necha kun o‘tib, AQSH prezidenti Tramp Eron va Isroil o‘rtasida sulh tuzilganini e’lon qildi. Sulhga qaramay, keyinroq Tramp Eronning yadroviy obyektlariga yana zarba berishga tayyorligini aytdi.

    13 avgust, 14:09   Izoh (0)   2953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.