• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    “Nima uchun yopildik, bilmaymiz”. Qashqadaryoda tadbirkor 2 ta metan zapravkasiga uch oydan beri gaz berilmayotganini aytmoqda

    Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 2 ta metan zapravka gaz yetkazib berish to‘xtatilgani bois faoliyatini vaqtincha tugatdi. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan tadbirkorga ko‘ra, uning 50 nafarga yaqin ishchisi ayni paytda ishsiz qolgan. 

    Tadbirkorning aytishicha, zapravka 2024-yilning 3-aprel kunidan beri ishlamayapti.

    Qarshi—Beshkent yo‘lidagi “E’zoz gaz-1” va “E’zoz metan servis” MCHJlarga qarashli gaz zapravkalarga metan gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sabab zapravka yopib qo‘yilgan. Aynan bitta zapravka ishlamayotgani sabab bu yerda 21 kishi ishsiz qolib ketgan. Bizga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz, — deydi tahririyatga videomurojaat qilgan tadbirkor Xurshid Yangiboyev.

    Murojaatchining aytishicha, uning ta’sischiligidagi va rahbarligidagi zapravkalar faoliyatining to‘xtab qolishi 50 nafarga yaqin ishchining ishsiz qolishiga sabab bo‘lmoqda. 

    Bizga gaz yetkazib bermasliklari uchun hech qanday sabab yo‘q. Shartnomamiz bor, biroq mas’ul tashkilotlar shartnoma shartlarini bajarmayapti, — deydi u. 

    Tadbirkorning aytishicha, u bu muammo yuzasidan viloyat hokimiga ham murojaat qilgan. Biroq natijaga erishmagan. 

    Nima uchun yopildik, gaz yetkazib bermaslik sababi nima, degan savolimizga javob topolmayapmiz, — deydi tadbirkor. 

    Bildirishicha, 2024-yilning 3-aprel kuni “Hududgazta’minot” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh tekshiruvidan so‘ng, zapravkalarda shunday holat yuzaga kelgan. 

    Foto: Xurshid Yangiboyev
    Tekshiruv qilishdi. Ammo hech qanday aybimiz chiqmadi. Muammo topilmadi. Shunga qaramasdan, bizga gaz yetkazib berish to‘xtatilgan. Bormagan joyimiz, murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi, — deydi tadbirkor. 

    “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmatining ayni kundagi mas’uli Dilorom Jumaniyozova “Daryo”ning bu haqdagi savoliga javob berar ekan, holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi. 

    Gaz ta’minoti korxonasining “E’zoz gaz-1” va “E’zoz metan servis” MCHJlar bilan tuzgan shartnomalarining 6,1-bandida qayd etilgan holatlar kuzatilgani bois AGTKSH gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining 3-bob 21-bandiga asosan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun iste’molchilar tarmoqdan uzilganda, ularni tarmoqqa qayta ulash Byuro tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzish sabablari hamda sharoitlari bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan iste’molchilarning binolari ko‘zdan kechirilgandan keyin amalga oshiriladi. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlari to‘liq yakunlanganidan keyin to‘liq ma’lumot taqdim etiladi”, — deydi Dilorom Jumaniyozova.

    Dilorom Jumaniyozovaga ko‘ra, metan gaz faoliyati tekshirilganda noqonuniy holat aniqlangan. Shu sabab ayni paytda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

    Foto: Xurshid Yangiboyev

    Mas’ul jurnalistning “Bu haqda tadbirkorning o‘ziga xabar berilganmi? Ya’ni tadbirkorga gaz yetkazib berishni to‘xtatish uchun asos borligi aytilganmi? Ertaga nega asossiz shartnoma shartlari bajarilmagan, degan savol berilsa, javob berishda qiynalib qolmaysizlarmi?” degan savoliga “yo‘q, albatta, barchasi qonuniy”, deb javob qaytardi. 

    “Daryo” jurnalisti Bosh prokuratura axborot xizmati bilan ham bog‘lanib, tadbirkorni qiynayotgan muammo haqida bildirdi va “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmatining tadbirkor ishi Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani haqidagi axborotiga aniqlik kiritishga urindi. Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan tez orada batafsil ma’lumot berilishini bildirdi. 

    “Daryo” mavzuga qaytadi.

    24.06.2024, 14:36   Izoh (0)   31785
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Katta pulga “uxlatilgan” tadbirkor, mashinalar qatnovidan dod deyotgan aholi: Yashnobod hokimi va’dabozmi? 

    18.01.2024, 20:05

    Oltinchi qavatdan tashlab yuborish bilan qo‘rqitilgan, zavodi tortib olingan: “Saidaziz medgorodok”dan jabrlangan tadbirkor hikoyasi

    20.06.2024, 22:56

    “Ko‘cha” sudini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti IIBga chaqirildi

    22.06.2024, 22:07

    O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat imzolandi 

    24.06.2024, 14:24

    O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda

    24.06.2024, 13:59

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorligining bir qator yo‘nalishlari aniqlab olindi

    24.06.2024, 13:34
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06

    Rasman. Jennaro Gattuzo — Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Sport | 15 iyun, 20:03

    “Barselona” Klublar o‘rtasidagi JCHda “Leon”ning o‘rniga qatnashish uchun FIFA’ga iltimos bilan chiqdi

    Sport | 15 iyun, 18:44

    “Tolibon” 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga Termizdagi bozorga borishni taqiqladi

    Dunyo | 15 iyun, 18:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    Sport | 15 iyun, 16:58

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.