Daryo

O‘zbekiston OTMlarida stipendiyalar oshiriladimi? Oliy taʼlim vaziri o‘rinbosari javob berdi

Eslatilishicha, pandemiya davrida stipendiyalar va to‘lov-kontrakt miqdorlari muzlatilgan

1 daqiqa o‘qish22 150 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalarni oshirish masalasida hozircha aniq xulosaga kelinmagan. Bu haqda bugun, 8-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev maʼlum qildi.

Shohruh Daliyev
Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, matbuot anjumanida O‘zbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari miqdori ham stipendiyalardan ko‘pligi, stipendiyalar kambag‘allik chegarasi summasiga qachon yetkazilishi haqida savol yangragan. Shohruh Daliyevning aytishicha, bu masalani Moliya vazirligi bilan muhokama qilish lozim.

“Talabalar stipendiyalari miqdorini oshirish masalasini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. To‘lov-kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga davlat tomonidan sarflanayotgan pul, u to‘layotgan kontrakt miqdoridan ancha ko‘p. Oliygoh o‘zini “boqishi” masalalari ham sal qiyinroq. Stipendiya oshishi yoki oshirilmasligi masalasida to‘liq javobni bizning moliyaviy soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birga ishlab, keyin javob beramiz”, — dedi vazirlik masʼuli.

O‘zbekistonda pandemiyadan keyin stipendiyalar miqdori muzlatilgan. Shohrux Daliyevning maʼlum qilishicha, OTMlaridagi to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha qiymati oliygohlar xarajatlariga nomutanosibligicha qolmoqda.

“Bir talabani o‘qitish davlatga yiliga o‘rtacha 12–15 million so‘mga tushadi. Kontrakt to‘lovlari miqdori esa o‘rtacha 7 million so‘mdan to‘g‘ri keladi”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, endilikda O‘zbekistonda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar