AQSh prezidenti Donald Tramp Braziliya fuqarolari uchun viza berishni cheklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu choralar 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati davrini ham qamrab olishi mumkin. Bu haqda CNN Brasil nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu orqali Braziliyaning ichki siyosatiga, ayniqsa amaldagi hukumatga bo‘lgan jamoatchilik munosabatini bosim ostiga olishga urinmoqda. Shuningdek, yaqinda Braziliya senatorlarining AQShga uyushtirgan tashrifi chog‘ida ularga vizalar qisqa muddatga berilgani qayd etilgan. Bu esa cheklovlar allaqachon amalda qo‘llanilayotganini ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) hozircha rasmiy bayonot bermoqchi emas. Mamlakat futbol konfederatsiyasi ehtimoliy sanksiyalarga tayyorligini bildirgan. Konfederatsiya o‘z muxlislarining manfaatlarini himoya qilishga va’da bermoqda. Sababi, ular ilgari hech qachon terma jamoani Jahon chempionatlarida qo‘llab-quvvatlash huquqidan mahrum bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionatida 48 terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)