Daryo

“Shrek” multfilmidagi Eshak haqida alohida film suratga olinadi

Loyiha ustidagi ishlar sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish8 653 ko‘rishlar0 izoh0

XXI asrning eng nufuzli va taniqli animatsion franshizalaridan biri bo‘lgan “Shrek” animatsion filmi asosida yangi loyiha suratga olinadi. Bosh qahramonning eng yaqin do‘sti Eshakka bag‘ishlangan alohida film spin-off sifatida taqim etiladi. Bu haqda ushbu obrazga ovoz bergan aktyor Eddi Myorfi ma’lum qildi.

Foto: IMDb

“Ijodiy jamoa ajoyib va kulgili syujetni yozib tugatdi. Mazkur spin-off xuddi ‘Etik kiygan mushuk’ multfilmi kabi bo‘ladi. Filmda eshakning rafiqasi, ya’ni ajdahoga aylangan ayol va yarim ajdaho, yarim eshak farzandlari haqidagi kichik voqeani hikoya qiladi.

Biz esa hozircha hali ham ‘Shrek’ning keyingi qismi ustida ishlashni davom ettiryapmiz. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, sentyabrda Eshak haqidagi filmni suratga olishga kirishamiz”, deydi Myorfi.

Foto: Dzen

Avvalroq aktyor “Shrek” animatsion filmining beshinchi qismi 2026-yilda chiqishi haqida so‘zlab bergan edi. “Shrek” komediyasining beshinchi qismi ustida ish boshlagani o‘tgan yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi.

Hozirda franshizaning so‘nggi multfilmi 2010-yilda chiqqan “Shrek bir umrga” filmidir. 2022-yilda “Etik kiygan mushuk” multfilmining davomi bo‘lgan “Etik kiygan mushuk 2: So‘nggi tilak” premyerasi bo‘lib o‘tgan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar